✕
Jannatning havosi bor bog`laringda,
Tiriklik sadosi bor tog`laringda.
Istiqlol navosidan obod dilim,
Mustaqilsan mening ozod elim.
Sevinchlarim bugun osmon-osmon,
Keldi yurtim baxti kulgan zamon.
Noming keng olamga bo`ldi doston,
Kohna va navqiron – O`zbekiston!
G`ururga, baxtga joy tor yuragimda,
Tinchlik va ezgulik bor tilagimda.
Bohavo dillaringdek bag`ri kengsan,
Elim dunyoda tenglar aro tengsan.
Sevinchlarim bugun osmon-osmon,
Keldi yurtim baxti kulgan zamon.
Noming keng olamga bo`ldi doston,
Kohna va navqiron – O`zbekiston!
Comments
I love song!