Shahzoda (Uzbekistan)

Текст песни Ket

 Добавить в избранное
Arrow down
Язык:
Узбекский

Ket 3 транслитераций

Ket
Yuragimni oʻzing bilan olib ket
Mening ushalmagan baxtim boʻlib ket
Mayli qolsin yolgʻiz vujudim
Seni deb urar yuragim olib ket
 
Gohi atrof menga goʻyo dushman
Gohi sahroda qanotsiz qushman
Izlab sevgisin yoʻqotgan oʻtmishman
Goʻyo bir tushman
Yigʻlar orzularim yomgʻir boʻlib boʻzlar
Tuygʻular seni qidirib bilmay
Sen ketarsan qalbim soʻndirib
Armonim boʻlib
 
Mayli ket
Yuragimni oʻzing bilan olib ket
Mening ushalmagan baxtim boʻlib ket
Mayli qolsin yolgʻiz vujudim
Seni deb urar yuragim olib ket
 
Ilgaridagiday sensiz charaqlamas quyosh
Koʻrmaganimni koʻradi shekilli yosh bosh
Yoʻllarimda gʻarib dardu gʻam alam yoʻldosh
Hozirchi nochora men yengildim berib bardosh
 
Xatolarimni yuvadi koʻzimdan oqqan yosh
Sen eding sirdosh, men esa beyor, bebosh
Umidimni uzgim kelmas qalbimga berib ozor
Birga oʻtkazgan kunlarimni qaytargim bor
 
Ket
Qayt, qayt
Yuragimni oʻzing bilan olib ket
Ilgaridagiday sensiz charaqlamas quyosh
Mening ushalmagan baxtim boʻlib ket
Sen eding sirdosh, men esa bebosh
Mayli qolsin yolgʻiz vujudim
Seni deb urar yuragim olib ket
Birga oʻtkazgan kunlarimni qaytargim bor
Olib ket
 Отметки "Нравится" 126
Вы можете поблагодарить пользователя, нажав эту кнопку
expand collapse О песне
Гость Гость
добавлено 14 Фев 2016 - 01:59
Редактировали:

Комментарии 1

Ленаo Ленаo
25 Май 2016, 22:00

А можно на русский яз перевод ? 0)

Войдите или зарегистрируйтесь, чтобы оставить комментарий.
Вход в систему Вход в систему Пользователь Зарегистрироваться